Rossiyaning Yoqutiston respublikasida 14 iyuldan 15 iyulga ötar keçasi anomal sovuq havo bölişi kutilmoqda: havo harorati minus ikki gradusgaça tuşib ketadi. Respublikaning ba'zi hududlarida qor yoğdi, deb xabar bermoqda Yoqutistonning gidrometeorologiya va atrof muhitni monitoring qiliş boşqarmasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

"Yaqin sutkalar – 14 iyulda Yoqutistonning 15 ta tumanida Tselsiy böyiça -2 gradus sovuq böladi. 13 iyulda sovuq havo 6 ta tumanda qayd qilindi, ba'zi tumanlarda qor yoğdi", deb aytildi xabarda.

Kobyay tumani boşliği Ignat Spiridonovning aytişiça, qişloq xöjaligi işlari boşlangunça havo yaxşilanadi.

"Ba'zi aholi punktlarida qor yoğdi, odamlar iyul örtasida qorbobolar yasamoqdalar", deb qöşimça qildi Spiridonov.