AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkazgani Moskvaga yetib keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri.

Uning aytişiça, Kerrining samolyoti Vnukovo-2 hukumat terminalida qönişni amalga oşirgan.

Kerri özining Moskvaga 14-15 iyuldagi taşrifi davomida Putiin va Lavrov bilan muzokaralar ötkazadi. Lavrovning aytişiça, u Kerri bilan Suriyadagi jangovor harakatlarni töxtatiş rejimining bajarilişi muammosini muhokama qiladi.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Putin va Kerri örtasidagi suhbatda Suriya, Ukraina va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

Bu orada Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kerri Rossiyaga nima uçun kelayotganini bilmasligini aytgan.