Nitstsadagi hujum fransuz maxsus xizmatlari uçun kutilmagan holat böldi. Bu haqda terrorizm va xavfsizlikka qarşi kuraş masalalari böyiça bölim eksperti, britaniyalik Pol Biver öz intervyusida ma'lum qilgan.
Nitstsadagi hujum oqibatida 84 kişi halok böldi, yana 18 kişi oğir ahvolda qolmoqda.
Biverning hisoblaşiça, bu hujumni töxtatib qoliş amalda ilojsiz edi.
Muxbir: Nitstsadagi voqealarni qanday baholaysiz?
Pol Biver: Menimça biz bu örinda ma'lum bir taşkilot tomonidan yönaltirilmagan, Suriya hududidan maxsus topşiriq olinmagan holda sodir etilgan terakt guvohi böldik. Terrorçi mustaqil ravişda harakat qilgan. Bu esa juda-juda jiddiy muammo.
Fransiyada hozir juda köp radikal şaxslar istiqomat qilmoqda. Ular ötmişda Suriyada bölişgan. Bu mamlakatda xaos keltirib çiqargan. Frantsuzlar hozir vaziyatni öz qöllariga olişi kerak. Fransiyada maxsus xizmat xodimlari soni oşirilgan. Endi ular ekstremistlarga qarşi yanada muhim qarorlarni qabul qilişlari kerak.
Muxbir: Frantsuz politsiyasining harakatlarini qanday baholaysiz?
P.B.: Menimça, asosiy muammo şundaki, ular hujum qay tomondan kelişini oldindan bila olişmasdi. Menimça, politsiya ğaflatda qoldirildi. Şunday usulda hujum qilinişi mumkinligi kimning xayoliga kelibdi deysiz?
Muxbir: Sizningça, maxsus xizmatlar bunday katta marosimlar vaqtida şunday xatoga yöl qöyişi mumkinmi?
P.B.: Men bu voqeada fransuz maxsus xizmatlarini ayblamagan bölardim. Bir kişi iştirokidagi bunday hujumiga qarşi turiş juda qiyin böladi.
Bunday hujum şunday amalga oşiriladi: Masalan, Marseldagi dökondan qurol sotib olinadi. Uning harakatini oldindan bilib bölmaydi. Öylaymanki, politsiya barça çorani körgandi.
Muxbir: Kelgusida şunday voqealar sodir bölmasligi uçun qanday çoralar köriş kerak?







