"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu öz instagramida dunyodagi eng qimmatbaho va tezkor hisoblanuvçi Bugatti Veyron avtomobilini öziniki qildi.

"Yirtqiç kuçaymoqda", - deb yozadi Ronaldu Instagramdagi sahifasiga.

Bu avtomobil narxi 4 million yevrodan ortiqqa baholanadi.

Portugaliyalik uşbu futbolçi çiroyli avtomobillarni kolleksiya qiladi. Yevro-2016 turnirida terma jamoasi bilan çempion bölgan futbolçi şu vaqtgaça McLaren MP4-12 Spyder, Ferrari 599 GTO va Rolls-Royce Phantom avtomobillarini öziniki qilgan.

Qayd etiş joizki, 8 yil avval Ronaldu reklama roligida Nike butsasini kiyib qisqa masofali poygada Bugatti Veyron avtomobilidan ötib ketgan edi.