Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalq ta'limi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklari hamkorligida «Boşlanğiç ta'limni modernizatsiyalaş orqali öquv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oşiriş» mavzuida boşlanğiç ta'lim öqituvçilarining forumi taşkil etildi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda. 

Yangi davlat ta'lim standartlari va öquv dasturi asosida 1-2-sinflar uçun darslik majmualari – darslik, öqituvçi kitobi, maşq daftari va DVD disk yaratilib çop etildi va öquvçilarga bepul yetkazildi. 3-4-sinflar uçun çet tillari darslik majmualari tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli ötkazildi.                     

Boşlanğiç sinflarda çet tillarini öqitiş uçun 17 ming 222 çet tili xonasi tayyorlanib, ularning barçasi DVD, öquv-körgazmali qurollar, luğat va adabiyotlar bilan ta'minlandi. Ötgan yillarda boşlanğiç sinflarga kompyuter, proyektor jihozlari va 5-9-sinflar uçun xorijiy tillarni örganişga oid materiallar yetkazilgan bölsa, bu yil töqqiz mingdan ziyod çet tili xonasi texnik vositalar va jihozlar bilan ta'minlanadi. 

Yiğilişda çet tili öqituvçilarining bu boradagi malakasini oşiriş, nutq könikmalarini rivojlantiriş, maktabda, ayniqsa, boşlanğiç sinflarda çet tillarni öqitiş metodikasini takomillaştiriş zarurligi ta'kidlandi. Uşbu masalalarning ilmiy-amaliy yeçimlariga bağişlangan ma'ruzalar tinglandi. Çet tillarni öqitişni takomillaştiriş borasidagi vazifalar belgilab olindi.