AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp öziga vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Indiana gubernatori Maykl Pensni tanlaganini ma'lum qildi. Tramp nomzod nomini  15 iyulda Nyu-Yorkdagi matbuot-anjumanida aytişi kerak edi, biroq u Nitstsadagi terakt sababli öz nutqini keyinga qoldirgandi. 

"Men vitse-prezidentlikka gubernator Mayk Pensni tanlaganimni e'lon qilişdan xursandman", deb ma'lum qilinmoqda Tramp tvitterida.

Trampning aytişiça, bu böyiça matbuot-anjuman 16 iyul mahalliy vaqt bilan soat 11.00da bölib ötadi.

Pens 57 yoşda bölib, u 2013 yilda gubernator bölgan, bungaça esa 12 yil davomida Indiana ştatidan vakillar palatasi a'zosi bölgan. Pens özining ultrakonservativ qaraşlari bilan ma'lum bölib, kongressda Iroqqa bostirib kirilişiga, Guantanamoning yopilişi va bir jinsli nikohlarning qonunlaştirilişiga qarşi ovoz bergan.

Uning gubernatorligi vaqtida Indianada abortlar uçun javobgarlik kuçaytirilgan.