Jahon | 07:10 / 16.07.2016
20712
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘anning samolyoti Istanbulga qaytdi

15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada haqiqiy tartibsizlik hukm surdi: qiruvchi samolyot parlament binosiga bomba tashladi, Anqara ko‘chalari bo‘ylab tanklar kezib yurdi, shaharda avtomat va portlash ovozlari yangrab turdi. Bir qism harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lishdi. 

Turkiya prezidenti shunday mushkul damda o‘z xalqiga suyandi. CNN kanali efirida Erdo‘g‘an mamlakat fuqarolarini ko‘chalarga chiqib, demokratiyani himoya qilish va isyonchilarga joriy hukumatni tiz cho‘ktirishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

"Barcha xalqni ko‘chalarda, maydonlarda kutaman. To‘ntarishni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar o‘z maqsadlariga erishadilar, deb ishonmayman. Ular qattiq jazolanadilar", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Bu orada Turkiyani samolyotda tark etgan Erdo‘g‘an davlatiga qaytmoqchi bo‘lganda, turk aeroportlari to‘sib qo‘yilgan bo‘lgan: samolyot isyon girdobida qolgan Istanbulga qo‘nishga ruxsat olmagan.

Shunda samolyot parvoz qilishda davom etdi. Erdo‘g‘an Germaniyadan boshpana so‘radi, biroq rad javobini oldi. Nemislar, ko‘rinishicha, o‘z zimmalariga bunday javobgarlikni olishdan qo‘rqqanlar. Shundan keyin Erdo‘g‘an samolyoti Londonga yo‘l olgani haqida xabarlar tarqalgan.

Biroq birozdan keyin Anqaradan isyon bostirilgani haqida ertalabga yaqin xushxabar kelgan. Rasmiy shaxslar isyonchilar ustidan g‘alaba qilingani, ular qonun bo‘yicha javob berishlari haqida ovoza qila boshlaganlar. Bu ma'lumotni olgach, Erdo‘g‘an vataniga qaytgan va ikkinchi urinishda Istanbulda qo‘nishga ruxsat olgan.

Prezidentni kutib olish uchun Otaturk nomidagi aeroportda minglab odamlar to‘planishgan.

Endi Erdo‘g‘an Turkiyadagi isyon sabablarini taftish qilishi va isyonchilarga qarshi choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.