Ijtimoiy tarmoqlarda Şayxontohur tumani, Jarariq mavzesi 1A/V uy hovlisiga ekilgan 400 tup daraxt kesib taşlangani haqida murojaat tarqaldi. Poytaxt ekologiya boşqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanişiça, mazkur hududda 400 tup daraxt mavjud bölmagan. Green.tashkent.uz elektron daraxtlar bazasi ma’lumotlariga köra, bu yerda jami 112 tup daraxt röyxatga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holat joriy yilning may oyi oxirlarida sodir bölgan. Holat yuzasidan ekopolitsiyaning Şayxontohur tuman inspektorlari tomonidan 1-iyun kuni voqea joyiga çiqilib, örganiş işlari olib borilgan.


Örganişlar davomida ma’lum bölganki, mazkur yer maydoni 2017-yilda tadbirkor tomonidan sotib olingan hamda öşa vaqtda murojaatda tilga olingan daraxtlar mavjud bölmagan. Keyinçalik bu manzilda istiqomat qiluvçi fuqaro S.D. şaxsiy mablağlari hisobidan 2–3 yillik mevali va manzarali daraxtlarni ekkan.
Şu bilan birga, fuqaro S.D. yollanma işçilarni jalb qilgan holda 45 tup mevali va manzarali daraxtni noqonuniy ravişda kestirgan hamda 35 tup daraxt köçatini belgilangan tartibga rioya etmagan holda Yangihayot tumani, Yangi Darxon MFY hududiga noqonuniy köçirgan.
Mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan 10 mln 300 ming söm miqdorida ma’muriy jarima qöllanilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Bundan taşqari, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 49 mln 900 ming söm etib hisoblangan.
Şuningdek, 2026-yil 24-iyun kuni Ekologiya qömitasi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Golden art house” MÇJ hududida yana 3 tup daraxt tag qismidan kesib taşlangani aniqlangan. Holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organga yuborilgan.

















