Ayni paytda Özbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ikkinçi mutaxassislikka qabul jarayoni davom etyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda  abituriyentlar hujjatlarini uçtagaça oliy ta’lim muassasasiga topşirişlari mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida Yagona ta’lim xizmatlari portali operatori bilan boğlandi.

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, bu kabi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi, nomzodlar hujjatlarini faqatgina bitta OTMgagina topşirişi mumkin.

Ma’lumot uçun, 2026/2027 öquv yili uçun ikkinçi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayonlari 10-iyul kuni boşlangandi. Hujjatlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar my.edu.uz platformasida quyidagi ma’lumotlarni kiritişi kerak: fuqarolik pasporti yoki ID karta hamda bakalavriat bosqiçini tamomlaganligi töğrisidagi diplom ma’lumotlari. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan ötkazilgan bölişi lozim.