Ayni vaqtda Nitstsa şifoxonasidagi 50 kişining ahvoli oğir. Bu haqda şaharga kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qilgan.

"50 nafar kişi hayot va ölim orasida turibdi. Terakt natijasida 84 kişi halok bölgan", degan prezident.

Uning sözlariga köra, qurbonlar orasida xorijiy mamlakatlar fuqarolari köpçilikni taşkil qiladi. U şuningdek, köplab bolalarning halok bölgani haqida gapirgan.

14 iyul kuni keçqurun Bastiliya olingan kun munosabati bilan ötkazilgan Milliy bayram vaqtida Nitstsa şahridagi Ingliz qirğoğida töplangan odamlar ustiga yuk maşinasi haydab borilişi oqibatida 84 kişi halok böldi.

Ğarb naşrlari ma'lumotiga köra, rulda kelib çiqişi tunislik bölgan 31 yoşli Fransiya fuqarosi ötirgan. U hodisa vaqtida politsiyaçilar tomonidan otib taşlandi. U muqaddam bezorilik va öğrilik uçun sudlangandi.