Nitstsada 14 iyul kuni keçqurun yuz bergan fojia 84 kişini hayotdan olib ketdi. Terakt tufayli jabrlangan holda şifoxonalarga yotqizilganlarning 50 nafari hayot uçun kuraşmoqda. Fransiya prezidenti Fransua Olland halok bölganlar orasida bolalar borligini ma'lum qildi.

TeRRORIZM! 
BOLALARGA TeGMA!

Terrorizm! 
Töxta, böldi, bas,
Tökma bunça inson qonini.
Olsin bir zum xotirjam nafas,
Tinç ötkazsin xuşnud onini.

To zaminga separsan qörquv,
Sitam qöşib ğamu kulfatga.
Qilmişingdan seskanar qayğu,
Hatto dahşat tuşar dahşatga.

Na odamsan, na sirli şarpa,
Yonar, portlar izing tekkan joy.
Berkinarsan oson har safar
Sen bir közli Dajjol, hoynahoy.

Buzar, aldar, qörqitar biroq 
Öldirmaydi odamni iblis.
Sen — qotilsan, qölingda piçoq,
Sen — odamxör, yovuz yalmoğiz.

Paydodursan tayyoragohda, 
Masjidda ham bozorda alhol.
Yonginamdan ötib şu çoğda
Bomba qöyib ketding ehtimol.

Şomu Iroq, Turk ila Farang,
Turar bugun boşi xam, muztar.   
Qaçon tugar bu yeryutkur jang,
Qaçon tinçlik bölar muzaffar?

Bu ne holat, bu ne manzara?
Unutmoqda kulişni odam.
Nahot ölim bölsa masxara,
Nahot şunda lazzat mujassam?

Töyda motam tutmoqda Nitstsa,
Jafo qildi sen mingan ulov.
Ne-ne orzularni beğussa,