Armaniston poytaxti Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya polki binosini egallab olgan qurolli guruh mamlakatdagi vaziyatni özgartiriş da'vosi bilan çiqdi.
TASS agentligining respublika politsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berişiça, guruh "qurolli isyon" boşlanganini e'lon qilgan va Armaniston hukumatida iste'foga çiqişni talab etmoqda.
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xabariga köra, hujum qiluvçilar bino içidagi odamlarni garovga olgan. Hujum vaqtida 1 kişi halok bölgan va bir neça kişi jarohatlangan.
Ayni vaqtda hududga harbiylar yuborilgan. Isyonçilar vakillari bilan muzokara boşlangan.
Dastlabki xabarlarda guruh vakillari Qoraboğ mojarosi iştirokçisi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi, radikal muxolif siyosatçi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etişni talab qilayotgani aytilgandi.
Hududga olib boruvçi yöllar yopilgan.







