Qurollangan şaxslar guruhi Armaniston poytaxti Yerevan şahri yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya bölimi binosini egallab olgan. Ular Qoraboğ ixtilofiga hibsga olişlar doirasida qölga olingan faollardan birini, muxolifatdagi "Yangi Armaniston" nomli radikal guruh yetakçisi Jirayra Sefilyanni ozod etişni talab qilişmoqda. Sefilyan noqonuniy ravişda qurol saqlaşda ayblangandi.

«Interfaks» agentligining mahalliy televideniyega asoslanib xabar qilişiça, hujum oqibatida kamida 1 kişi halok bölgan va bir neça kişi jarohatlangan.

Hujum qiluvçi guruh Yerevan politsiyasi boşliği örinbosari Valeriy Osipyanni garovda tutib turişibdi.

Garovga olingan binoga harbiylar jönatilgan. Politsiya matbuot xizmati rahbari Aşot Agaronyan yaqin vaqt içida vaziyat böyiça batafsil bayonot bilan çiqilişini ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Erebuni tumaniga olib boruvçi barça yöllar yopilgan.

Sefilyan 20 iyun kuni hibs qilingandi. Tergov davomida u öz tarafdorlari bilan Yerevandagi telekommunikatsiya binolari, xususan teleminorani qölga olişni rejalaştirgani ma'lum bölgan.

Tergovçilar ma'lumotiga köra, jinoiy guruh a'zolari aprel oyida Qoraboğda boşlangan töqnaşuvlardan keyin öz rejalarini tuzişgan.

Sefilyan 2006 yilning 10 dekabrida ham qölga olingandi. Öşanda u aholini konstitutsion tuzumga qarşi tarğib qiliş va noqonuniy qurol saqlaşda ayblangan va 1,5 yilga qamalgandi. U 2008 yilning iyunida ozodlikka çiqqan. 2015 yili Sefilyan öz tarafdorlari bilan "Parlament ta'sisçilari" taşkilotiga asos solgan va ommaviy tartibsizliklar keltirib çiqarişga urinişda ayblanib qamoqqa taşlangandi. Lekin 4 oydan keyin qöyib yuborilgandi.