17 iyul oqşomida Yerevanda jiddiy voqealar sodir bölmadi va tun osuda ötdi. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatdi.

Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylaşgan politsiya patrul-post xizmati polki qurolli şaxslar guruhi tomonidan qölga olinganidan 1 kun ötdi. Armaniston poytaxtidagi Movses Xorenatsi köçasi politsiya maşinalari, zirhli maşinalar va harbiy yuk maşinalari bilan bekitib qöyilgan. 

17 iyul kuni tongida, mahalliy vaqt bilan soat 04:00da muxolifatdagi radikallarning 30 kişilik guruhi politsiya patrul-post xizmati polki darvozasini buzib kirib, binoni egallab oldi va uning içidagi xizmatçilarni garovga oldi. Hujum vaqtida polk boşliği örinbosari, polkovnik Artur Vanoyan halok bölgan va 2 kişi jarohatlangan.

Qurolli guruh muxolif siyosatçi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi yetakçisi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etişni hamda hukumat iste'fosini talab qildi. Sefilyan 26 iyun kuni hibs qilingandi. Tergov davomida u öz tarafdorlari bilan Yerevandagi telekommunikatsiya binolari, xususan teleminorani qölga olişni rejalaştirgani ma'lum bölgan.

Armaniston MXX yuqori lavozimli harbiylar bu guruh bilan garovdagilarni ozod etiş böyiça muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan. Dastlab 8 kişi garovda tutib turilgani ma'lum bölgandi. Keyinçalik maxsus amaliyot orqali 2 kişi ozod etildi. Ayni vaqtgaça 6 kişi garovda qolmoqda.

Erebuni Yerevanning eng aholi ziç yaşaydigan tumanlaridan biri hisoblanadi. Polk örnaşgan hudud yaqinida Erebuni politsiya bölimi, tuman birinçi instansiya sudi hamda mahbuslarni vaqtinçalik saqlaş muassasasi binolari joylaşgan.

Tumanda yaşovçi aholi vakillarining guvohlik berişiça, ertalab mahalliy vaqt bilan 05:00 da öq ovozlari va portlaşlar eşitilgan. Tomlarga snayperlar joylaştirilgan.