"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Yevro-2016 turniri finalida olgan jarohatidan faqat sentabr oyida tiklanadi va safga qaytişi mumkin böladi. Bu haqda Marca naşri xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq, futbolçi jarohat tufayli 9 avgust kunida "Sevilya"ga qarşi UYeFA Superkubogi uçraşuvida iştirok eta olmasligi ma'lum qilingandi. U avgust oyida maşğulotlarga kirişişi mumkin, lekin u faqat sentabr oyidagina sport formasini tiklab maydonga tuşişga tayyor böladi. Madridliklar jamoasi şifokorlari şunday qaror qabul qilişgan.

Şu tariqa, Ronaldu JÇ-2018 saralaşi doirasida Şveytsariya terma jamoasiga qarşi 6 sentbr kuni ötkaziladigan uçraşuvda iştirok eta  olmaydi. Uning jarohatdan keyingi ilk öyini Ispaniya çempionatining 3-turida "Osasuna" jamoasiga qarşi 11 sentabr kuniga belgilangan uçraşuv bölişi kutilmoqda.

Ronaldu Ispaniya çempionati startidagi "Real Sosedad" (21 avgust) va "Selta" (28 avgust) jamoalariga qarşi bahslarni esa ötkazib yuborişi aniq bölgan.

Manba: Tribuna.uz