Tarix kitoblaridan bizga yaxşi ma'lumki, insoniyat ming yillar avval dehqonçilik va çorvaçilikka örgangunga qadar ibtidoiy tarzda yaşagan. Ular, asosan, ovçilik bilan şuğullanişgan. Bugungi kunda ham ibtidoiy tarzda hayot keçiruvçi xalqlar bor deyilsa, köpçilik işonmasligi mumkin. Ammo bu ayni haqiqat. Yer yuzi aholisi tezlik bilan köpayib bormoqda. Bugungi kunda sayyoramizda yaşayotgan aholi soni 7 milliarddan oşib ketdi. Aholi soni oşib borar ekan, şu bilan birga butunlay yöqolib ketiş arafasida turgan xalqlar ham borligidan aslo köz yumib bölmaydi. Gap bu yerda son jihatidan kamayib borayotgan qabila va elatlar haqida bormoqda. Ular globalizatsiya va assimilyatsiyaning qurboniga aylanmoqda. Şu tariqa yöqolib borayotgan xalq bilan birga, ularning madaniyati va turmuş tarzi ham yöq bölib ketmoqda.
Tezlik va nanotexnologiyalar asrida sivilizatsiyadan panada bölgan xalqlar ham mavjudki, ularning ayrimlarining taqdiri xavf ostida qolmoqda. Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda yer yuzida 370 millionga yaqin tub xalq vakillari istiqomat qiladi. Bu yer yuzi aholisining 5 foizi demakdir.

Nepalda raute deb nomlanmiş köçmançi qabila bor. Bu qabila a'zolari bir yerda uzoq turib qolmaydi. Ularning qayerdan kelib, qayerga ketayotganliklarini ham heç kim bilmaydi. Ular yoğoçdan yasalgan buyumlarini don-dunga almaştiriş maqsadida ma'lum bir qişloqqa taşrif buyurişadi. Savdo-sotiq tugaşi bilan bu qişloqni zudlik bilan tark etadilar. Şu sababli ham raute qabilasining a'zolari qadimdan beri davom etib kelayotgan an'analarini saqlab qolişga muvaffaq bölişgan. Bugungi kunda raute qabilasi ming yil avval qanday hayot keçirgan bölsa, hozir ham ibtidoiy turmuş tarzlarini özgartirmagan. Bu xalq bolalari maktab ostonasidan hatlab ötişmagan. Öqiş va yoziş nimaligini mutlaqo bilişmaydi. Ular maymun göştidan boşqa göşt mahsulotlarini iste'mol qilişmaganlari bois faqat maymunlarni ovlaşadi. Ularning asosiy yemişlari öt-ölan, meva-çeva, sabzavot va yonğoqlardan iborat bölib, maişiy hayoti qadimiy ananalarga moslaşgan. Mutaxassislarning sözlariga qaraganda, iqlim özgarişi va maymunlarning kamayib borayotgani sabab ham qabila vakillarining hayot keçirişida muammolar kuzatilmoqda. Raute qabilasi özlarini örmon qirollari, deb ataşadi.
Raute qabilasi boşqa qavmlar singari raqsga tuşişni yaxşi köradi. Ular raqsni ilohiylaştirişgan. Har bir ovdan keyin qabila a'zolari raqsga tuşadi. Qabila sirlarni oşkor qilmaslik maqsadida ular odamlardan yiroqda bölişni afzal körişadi. Ayniqsa, maymunlarni ov qiliş borasidagi sirlarni aslo oşkor qilişmaydi. Raute xalqining fikriça, begonalar oldida ov qiliş xosiyatsiz bölib, köz tegar ekan. Şu sababli ham ular qişloqlardan uzoqroqda maymunlarni ovlaşadi. Ölja barça ovçilar tomonidan teppa-teng taqsimlanadi. Göşt öşa kunning özida yeb tugatilişi kerak.









