Sözamol askiyaçilarimiz va miniatyura teatrining mohir aktyorlarini rağbatlantiriş, ularni xalqqa tanitib boriş maqsadida ikki yilda bir marta ötkazilayotgan “Askiya va miniatyura teatrlari ustalarining Respublika tanlovi” ana şunday xayrli işlarning amaliyotdagi körinişidir. Uşbu körik tanlovning Asaka şahrida ötkazilgan bu yilgi katta anjumaniga Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar respublika markazi, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi, Respublika “Tasviriy Oyina” ijodiy uyuşmasi hamda Andijon viloyat hokimligi hamkorlik qildi.

Özbekistonning har bir viloyatidan askiyaçi va miniatyura teatri guruhlari taşrif buyurgan Asaka şahrining sölim istirohat boği körik tanlov munosabati bilan katta saylgohga aylandi

Iştirokçilar askiyaning “payrov", "qofiya", "radif", "tutal", "öxşatdim", "bölasizmi", "bahri-bayt", "safsana", “gulmisiz, rayhonmisiz”, "şirinkorlik” kabi turlaridan, qiziqçilikning söz öyini, qoçirim, hazil mutoyiba, kinoya, taşbeh, kesatiq, mubolağa, masxarabozlik kabi hajv san'ati vositalaridan keng foydalanib, lönda, latif, serma'no, nimkosa ta'sirli, jozibali va kulgili asarlar ijro etişdi.

Asaka şahrining yoş askiyaçilar guruhi va Surxondaryoning “Qöştirnoq” miniatyura teatri vakillari öz yönalişlarida birinçi örinlarga munosib topilişdi. Namangan, Buxoro, Farğona, Sirdaryo, Samarqand, Andijon viloyatlari namoyondalari ikkinçi, uçinçi örinlarning mukofotlari va diplomlariga sazovor böldi.

Elmurod Ermatov, Andijon

Foto: Zuhriddin Umirzaqov. ÖzA