Avstraliya general-gubernatori Piter Kosgrouv 19 iyulda Kanberrada mamlakatning yangi hukumati vazirlari va ularning örinbosarlaridan qasamyod qabul qildi. Boş vazir Malkolm Ternbull 2 iyulda bölib ötgan parlament saylovlari natijalariga köra yangi hukumatni şakllantirdi.
Boş vazir avvalgi vazirlar mahkamasi tarkibini saqlab qoldi va unga tabiiy zaxiralar va Şimoliy Avstraliya işlari böyiça vazir Mett Kenavanni qöşdi. Barça muhim vazirlar öz lavozimlarida qoldilar. Ular qatoriga taşqi işlar vaziri Juli Bişop, mudofaa vaziri Maris Peyn, boş ğaznaçi Skott Morrison, immigratsiya va çegaralarni qöriqlaş vaziri Piter Datton kiritiş mumkin.
Boş vazir jurnalistlar bilan suhbatda oxirgi marta hukumatda xodimlar borasida joriy yil fevralida özgarişlar qilganini eslatib ötdi va şuning uçun hozirda sezilarli özgarişlarga zaruriyat yöqligini aytdi.







