Internet özining avvalgidek xavfsizligini yöqotib böldi. Unda ğuj-ğuj viruslardan taşqari, öta xavfli personajlarni ham uçratiş mumkinki, bu kişini rostmanasiga taşvişlantiradi. Öz-özidan ma'lumki bu kabi şaxslar oddiy foydalanuvçilarni mutlaqo qiziqtirmaydi. Ammo ularning ismini bilib qöygan yaxşi. Bu şaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan bölmasa ham şunçaki bilib oliş uçun kerak böladi.

Kim Çen In

“Intervyu” filmining çiqişi Şimoliy Koreya yetakçisining jahlini juda çiqardi. Sony kompaniyasi uşbu filmni tarmoqqa joylaştirişda nafaqat Şimoliy Koreya tahdidiga, balki haqiqiy qiyinçiliklarga ham uçradi. Kim Çen Inning maxsus mutaxassislari kompaniyaning yuqori serveriga yaşin tezligida va juda ham muvaffaqiyatli tarzda hujum qilişdi. Bu Ğarb dunyosi uçun kutilmagan zarba edi, çunki ular şimoliy korealiklar hamon ötgan asrda çiqqan kompyuterlardan foydalanişadi, deb öylaşardi. Hozir esa barçaga bir narsa ma'lum böldi: Kim Çen Inda yadro arsenalidan taşqari, xalqaro örgimçak turida işlovçi juda-juda kuçli mutaxassislar bor. 

Kodi Uilson

3-D printerlari çiqqaniga unça köp bölmadi, ammo bugungi kunga kelib ular ança ommalaşdi. Mazkur texnologiyaning taraqqiy etişi ist'yemolçilikning yangi erasini boşlab bersa ajab emas. Uşbu tizim orqali Liberator töpponçasini ixtiro qilgan Kodi Uilson internetda ançayin muhokamalarga sabab böldi. U yaratgan ixtiro tufayli 3-D printeri bölgan har qaysi kişi özi uçun qurol yasab olaveradi. Bu narsa Uilsonni xavfli odam sifatida körsatadimi? Bölmasam-çi... 

Edvard Snouden

Edvard Snouden — davlat nuqtai nazaridan qaraganda yoki qahramon yoki manyak. U tomonidan internetda e'lon qilingan maxfiy hujjatlar relizi bu yigitga qoçoqlik tamğasini bosdi. Aksari odamlar uning xatti-harakatlari kontrterror operatsiyalarida iştirok etayotganlarning hayotini xavf ostiga qöyadi, deb baholaydi. Bu fikrlar qaysidir ma'noda töğri. Boşqa tomondan esa Snouden ma'lumotlarni tarqatiş huquqiga ham ega. Mana şularning barçasi dasturçini tarmoqdagi xavfli odamlar röyxatiga kiritadi.