Samarqandda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Şensi provinsiyasi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga kömaklaşuvçi qömitasi tomonidan biznes-forum va kooperatsion birja ötkazildi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

Mamlakatlarimiz örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi muttasil ösib, joriy yilning dastlabki tört oyida 1,4 milliard dollarni taşkil etdi. Xitoyning Özbekiston iqtisodiyotiga jalb qilgan investitsiyalari va kreditlari hajmi 6,5 milliard dollardan oşgan. Mamlakatimizda Xitoy kapitali iştirokida taşkil etilgan 651 korxona faoliyat körsatmoqda. 75 yetakçi firma va kompaniya öz vakolatxonasini oçgan. Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, ayniqsa, yuqori texnologiyalar sohasida faol rivojlanib bormoqda.

Biznes forumda Şensi provinsiyasi va Samarqand viloyati yirik kompaniya va korporatsiyalari, firmalar toğ-kon sanoati, investitsiya va zamonaviy texnologiyalar, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, suğurta faoliyati, sayyohlik yönalişlari böyiça öz taqdimotlarini ötkazdi. Ikki davlat işbilarmon doiralari vakillari mahsulot yetkazib beriş va xizmatlar körsatiş böyiça kelişuvlarga erişdi.

Tadbir doirasida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi hamda Şensi provinsiyasi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga kömaklaşuvçi qömitasi örtasida hamkorlik böyiça memorandum imzolandi.