Tanişlarimizdan biri sözlab berdi. U kişi poyezdda köp yurar ekan. Poyezd bir bekatga borganida har galgidek asal sotib yuradigan bir yigit vagonga çiqibdi.
U yigit vagonlarni aylanib, asal sotib kelgaç, öşa tanişimizning oldiga kelib ötiribdi-da, salom alikdan söng tamaddi qila boşlabdi. U yoq-bu yoqdan suhbat boşlanibdi. Gap aylanib, asal haqida söz ketibdi. Ma'lum bölişiça, asal sotuvçi yigit bir idişdagini toza asal deb, qolganlarini toza emas, deb sotib yurarkan.

Tanişimiz möminlik farosati bilan yigitning bir kamçiligini sezib qolibdi va yigitning özidan sörab, bu masalaga aniqlik kiritib olibdi: yigitning toza asal deb sotayotgani asal ekan-u, toza emas deb sotayotgani qiyom ekan. Ularning suhbatini heç kim eşitmayotganini bilgani uçun tanişimiz oçiq tanbeh beribdi:
— Uka, asal bölmagan narsani asal deb sotişingizdan özingizning könglingiz rozimi?
— Aka, şunday qilişga majbur bölyapman, çunki savdo yaxşi bölmayapti. Qiyomligini bilişsa, odamlar umuman olişmaydi.
— Ukajon, men sizni biron kişining oldida uyaltiriş uçun emas, Alloh uçun aytyapman, “Mömin möminning közgusi”, degan hadisi şarif borligini bilasiz. Siz Allohga tavakkul qiling-da, yo qiyomni umuman sotmang, yo qiyomligini aytib soting. Sizga töğriligingiz uçun xaridorni Mehribon Xudoi taoloning Özi jönatadi. Hozirgaça qimmat asal oz sotilayotgan bölsa, undan keyin qança sotilişini körasiz. Şu vaqtgaça odamlarni aldab, qiyomni asal deb sotganingiz uçun astoydil tavba qiliş esingizdan çiqmasin.
—Xöp, aytganingizdek qilaman — debdi yigit.

Köpinça, töy qiladigan odamlar sovğa salom uçun tarqatib yuborişga arzon va qulay kiyim keçaklar izlab qolişadi. Qidirib-qidirib şunçalik arzon köylaklar topişadiki, öylab ham ötirişmasdan, bemalol önlab, yana ham köproq sotib olişadi. Sotayotgan “işbilarmon”lar xaridorlarning köylaklarning sifatini tekşirib körişlariga yöl qöyişmaydi. Agar oçib körişni xohlaşsa, pulini avvaldan tölaşlarini va sotib olingaç, qaytarib bermasliklarini şart qilib qöyişadi. Xaridor bu yerda bir gap borligini bilsa-da köylaklarni sotib oladi va uyga borgaç, oçib ham körmaydi. Töy kuni bu sovğalar tarqatiladi. Hadya olgan kişi uyiga borib oçib körgaç, kimdan xafa bölişni bilmay qoladi. Çunki köylak na biror kişining qomatiga töğri keladi, na kiyişga, na biron kişiga berişga yaraydi, matosi ham “haligidaqa”. Bu katta qalloblik kimdan çiqqanini bilmay, tuşunolmay xunob böladi.

Bu yerda na işlab çiqaruvçi, na savdogar, na sotib oluvçi baraka topmaydi. Çunki baraka Allohdan, Allohni esa aldab bölmaydi. Gap savdo haqida ketayotgani uçun bu mojarolarda köproq savdogarni ayblaş mumkin. Çunki u şunaqa kazzob işlab çiqaruvçining mahsulotlarini nafaqat sotib olmasligi, balki uni insofga çaqirişi kerak. Çunki bunday qalloblik mahsulotlarini sotib olayotganlar birinçi bölib sotuvçidan norozi bölişadi. Kiyib körmoqççi bölganlar sovğa qilganlardan xafa bölişadi. Noiloj qöl siltab qöya qolişadi. Agar savdogar işlab çiqaruvçiga tanbeh bersa va sotib olmasa, işlab çiqaruvçi öz mahsulotini sota olmaydi va “közi oçiladi”.