Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan ötkazilayotgan patronaj oyligi Jizzax viloyatida ham yuksak saviyada davom etmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Jizzax şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli 5-oilaviy poliklinika jamoasi patronaj oyligini uyuşqoqlik bilan ötkazmoqda.

Şaharning Kötarma, Kimyogar, Madaniyat, Ravalliq, Sayxon, Uluğbek va Bobur nomidagi mahallalari hududidagi 35 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat körsatayotgan uşbu muassasaning moddiy-texnik bazasi mustaqillik yillarida butunlay yangilandi. 

Patronaj oyligini samarali ötkazişda viloyatdagi 169 qişloq vraçlik punkti va 5 oilaviy poliklinikaning 1 ming 200 dan ziyod patronaj hamşirasi iştirok etmoqda. Ular oylik davomida hududdagi xonadonlarda bölib, oilaning har bir a'zosi salomatligi töğrisidagi ma'lumotlarni yangilaydi.