Xitoyning 6ta provinsiyasida kuçli yomğir yoğişi oqibati kamida 13 kişi halok böldi, yana 62 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda China News Service agentligi xabar bermoqda.
Noqulay ob-havo tufayli xavfning eng yuqori — «qizil» darajasi e'lon qilingan.
18 iyulda boşlangan yomğirlar tufayli Xebey, Şansi, Şandun, Xenan, Şensi hamda Gansu provinsiyalaridagi 35 şahar va 131 uyezd jabrlangan.
Xebey provinsiyasining ma'muriy şahri – Şitszyaçjuanda 13ta yer osti ötiş yöllari suv bilan toşgan. Tsisyan uyezdida 500 millimetr yoğingarçilik böldi. Mahalliy hukumat rasmiylari aholiga zarurat bölmasa köçaga çiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Şuningdek, aholi toğli hududlarda yer köçişi xavfi bilan ogohlantirildi.
Xebey provinsiyasi rasmiylari 67,2 mingdan ziyod aholini evakuatsiya qilgan. Pekin rasmiylari ham yoğingarçilik tufayli xavfning «sariq» darajasini e'lon qildi.
Tabiiy ofatlar ta'sir qilgan kişilar soni 1,73 million nafardan ortgan. 68 ming kişi evakuatsiya qilingan. 1200 mingdan ortiq bino vayron bölgan, yana 4,3 ming bino turli darajada talofat körgan. Mamlakat iqtisodiga yetkazilgan zarar 840 mln yuanga baholanmoqda (126 mln dollar atrofida).
Noqulay ob-havo poytaxtdagi Şoudu xalqaro aeroportining faoliyatiga ta'sir körsatgan. Ayni vaqtgaça 200 aviareys qoldirilgan yoki butunlay bekor qilingan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakatdagi tabiiy ofatlar tufayli halok bölganlar soni 237 kişini taşkil qilmoqda, yana 93 nafari bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.
Ma'lumot uçun, Xitoyda tabiiy ofat xavfini ogohlantirişning tört darajasi joriy etilgan. Unda ösib boriş darajasiga köra kök, sariq, töq sariq va qizil ranglar bilan belgilanadi.







