Dastlabki ma'lumotlarga köra, Özbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2016 yil 1 iyul holatiga 31,8 mln kişini taşkil etib, yil boşiga nisbatan 231,7 ming kişiga yoki 0,7 foizga ösgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasining 2016 yilning yanvar—iyun oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy körsatkiçlarga bağişlangan ma'ruzasida aytiladi.

Jumladan, şahar aholisi soni 16 110 ming kişini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 foiz), qişloq aholisi soni 15 697 ming kişini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 foiz) taşkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun davrida 318 ming bola tuğilib, mos ravişda tuğiliş koeffitsiyenti 20,2 promilleni taşkil qildi (2015 yilda 20,2 promille bölgan).

Hisobot davrida vafot etganlar soni 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 73,9 ming ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda ölim koeffitsiyenti 4,7 promilleni taşkil etdi.

Röyxatga olingan jami ölganlarning 59,7 foizi qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi ösimtalardan, 5,5 foizi ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 6,3 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-iyun davri mobaynida 1 yoşgaça bölgan bolalar ölimi bilan boğliq 3,7 ming holat qayd etildi va gödaklar ölimi koeffitsiyenti 10,0 promilleni taşkil etdi. Röyxatga olingan 1 yoşgaça ölgan jami bolalarning 53,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 10,2 foizi tuğma anomaliyalardan, 3,0 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo organlari tomonidan 92,4 mingta nikoh va 14,8 mingta nikohdan ajralişlar qayd etilgan. Respublika böyiça nikoh tuziş koeffitsiyenti 5,9 promilleni, nikohdan ajraliş koeffitsiyenti esa 0,9 promilleni taşkil etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2016 yilning yanvar-iyun davrida respublika böyiça köçib kelganlar soni 72,0 ming kişini, köçib ketganlar soni esa 84,4 ming kişini taşkil etdi. Migratsiya qoldiği minus 12,4 ming kişini taşkil etib, uşbu körsatkiç 2015 yilning mos davriga nisbatan 1000 kişiga köpaydi (2015 yilda minus 13,4 ming kişi bölgan).