Dunyodagi eng keksa teatr aktyori, ruminiyalik Radu Beligan vafot etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Artist 97 yoşida Ruminiya poytaxti Buxarestdagi şifoxonlardan birida yurak xuruji oqibatida vafot etdi. 

Beligan aktyorlik faoliyatini 1937 yilda "Jinoyat va jazo" spektaklidagi roli bilan boşlagan. Aktyor özining uzoq davom etgan faoliyati davomida 80 ta spektakl va 30 filmda rol ijro etgan, köplab marotaba televideniye va radioda çiqqan. Uç oy oldin ham aktyor ijod bilan maşğul bölgan.

2013 yilda Beligan 2016 yilda 101 yoşga tölib, hali ham sahnaga çiqayotgan rossiyalik artist Vladimir Zeldindan yoşroqligiga qaramasdan, Ginness rekordlar kitobiga ijodini davom ettirayotgan dunyodagi eng keksa professional aktyor sifatida kiritilgandi.