Turkiya mamlakatda xavfsizlikni ta'minlaş borasida navbatdagi qadamlarni taşlaşda davom etadi va Yevropa Ittifoqi bunga qarşilik körsata olmaydi. Bunday pozitsiya Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan tomonidan Al Jazeera telekanali efirida bildirildi.

"YeI - butun dunyo emas, atigi 28 mamlakat", deya Yevroittifoqning bir qator mamlakatlari tomonidan Turkiyada ölim jazosi tiklanişi borasidagi tanqidiga javob qaytargan u.

"Biz 53 yildan buyon ularning eşigini qoqamiz, ular esa bizga kutiş kerakligini aytib, boşqalarni qabul qilişda davom etdi" deya qöşimça qilgan Erdöğan.

"Agar Yevroittifoq demokratiyani hurmat qilsa, xalq istagini qabul qiladi", — degan Erdöğan.

U, şuningdek, parlament ölim jazosini kiritişga qaror qilsa, buni qöllab-quvvatlaşini ta'kidlagan.

Turkiyada oxirgi marta ölim jazosi ötgan asrning 80-yillarida amalga oşirilgandi. Jazoning bu turi 2004 yilda bekor qilingan.

Turkiyadagi harbiy töntarişdan söng Erdöğan mamlakatda ölim jazosi tiklanişi mumkinligi haqida aytib ötgan edi. Uning sözlariga munosabat bildirgan xalqaro tuzilmaning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Federika Mogerini xonim bu Turkiyaning Yevroittifoqqa qöşilişini imkonsiz qilib qöyişini aytdi.

Şuningdek, 18 iyul kuni Avstriya TIV rahbari, YeIning taşqi işlar masalalari böyiça kengaşi rahbari Sebastyan Kurts Turkiyada ölim jazosi tiklansa, bu mamlakat YeI a'zoligiga qabul qilinmasligini bildirdi.

"Biz Turkiyadagi isyonni qoralaymiz. Lekin hukumat bunday usulda qasos olmasligi kerak. Ommaviy hibsga olişlar "yalpi tozalaş" boşlanganini körsatmoqda", degan Italiya TIV rahbari Paolo Jyentiloni.