Langarçöpda balandlikka sakraş böyiça ikki karra Olimpiya çempioni Yelena Isinbayevaning fikriça, Sport hakamlik sudi (CAS)ning Rossiya Olimpiya qömitasi arizasini rad etiş töğrisidagi qarorini yengil atletikani dafn etişga qiyoslasa böladi. 

Avval xabar berilganidek, CAS ROQ va 68 nafar rossiyalik yengil atletlarning IAAF qarori ustidan bergan murojatini rad etdi. 

"Sporçining qiladigan işi – me'yorni bajariş, test topşiriş va qatnaşişdir. Yengil atletikani kömganlarga rahmat. Bu şunçaki siyosiy buyurtma. Çunki barça ayblovlar Rossiya yengil atletika federatsiyasiga qarşi qaratilgan, sportçilarga nisbatan aniq bir dalil yöq. "Buyurtma"ligi körinib turibdi", - degan Isinbayeva.

Uning sözlariga köra, rossiyalik yengil atletlar CAS qaroridan söng, faqatgina XOQ (Xalqaro Olimpiya Qömitasi)dan umid qilişlari mumkin. 

"XOQ öz qarorini qabul qiliş huquqiga ega, - degan Isinbayeva. – Ular, yana XOQ alohida sportçilar böyiça yakuniy qaror qabul qilişi mumkin, deyiş bilan sportçilarda umid qoldirişdi. Şunga köra, yana takrorlayman, sönggi sözni XOQ rahbari Tomas Bax aytadi".