«Mançester Yunayted» «Yuventus»ning italiyalik markaziy himoyaçisi Leonardo Bonuççi uçun kuraşga qöşildi. Bu futbolçi uçun şu vaqtgaça «Mançester Siti» va «Çelsi» jamoalari örtasida raqobat keçayotgandi.

ESPN ma'lumotiga köra, bu futbolçini sotib oliş ğoyasi «MYu» turinliklar jamoasida Pol Pogbani xarid qiliş böyiça jarayon davomida tuğilgan.

«Yuventus» Bonuççini 60 million yevroga sotişni möljallagan.

Agar u «MYu»ga ötsa, mançesterliklar jamoasini Markos Roxo yoki Fil Jons tark etişiga töğri keladi.

Bundan oldinroq Bonuççining «Mançester Siti»ga ötişi masalasi hal bölgani haqida xabar berilgandi.

Manba: Tribuna.uz