Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) BMT va uning bölimlari bilan hamkorlik qilişga katta e'tibor bermoqda hamda unga global xavfsizlikni qöllab-quvvatlovçi yetakçi universal xalqaro tuzilma sifatida qaramoqda. Bu haqida ŞHT boş kotibi Raşid Alimov BMT boş kotibi lavozimiga nomzod Vesna Pusiç bilan bölgan uçraşuvida ma'lum qildi. 

“Biz BMTning markaziy muvofiqlaştiruvçi rolining bundan keyin ham kuçayişi tarafdorimiz. ŞHT va BMT hamkorligi mintaqaviy va universal taşkilotlar orasidagi aloqalarga yaqqol misol böla oladi”, - deya ta'kidladi Alimov. 

ŞHT Kotibiyatining TASS muxbiriga xabar qilişiça, uçraşuv davomida Pusiç BMT boş kotibi lavozimiga nomzod sifatida öz dasturini taqdim etgan.  U saylov jarayonining borişi va Jahon taşkilotiga boş kotib etib tayinlangan taqdirdagi ustuvor maqsadlari haqida söz yuritdi. 

Vesna Pusiç – xorvatiyalik siyosiy arbob. 2011-2016 yillarda Xorvatiya taşqi işlar va Yevropa integratsiyasi vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. 2016 yilning boşidan esa Xorvatiya parlamentining spiker örinbosari hisoblanadi.