AQŞlik milliarder Donald Trampning öğli otasining izidan borib, siyosat bilan şuğullanişi va AQŞ prezidenti lavozimi uçun kuraş olib borişi mumkinligini aytdi. Bu haqda 38 yoşli tadbirkor Kiçik Donald Tramp The Wall Street Journal gazetasiga ma'lum qildi. 

"Ehtimol, mening farzandlarim maktabni bitirişgaç, men siyosat haqida öylab köraman", deb aytdi Trampning öğli.

Trampning öğli Vaşingtondagi ortiqça siyosatçilardan voz keçişni istaşini aytib ötdi. "Agar prezident bölsam, men ba'zi tekinxörlardan voz keçişni istardim", deb aytdi kiçik Tramp.   

U, şuningdek, Indiana ştati gubernatori, AQŞ vitse-prezidentiga nomzod Maykl Pensni jizzaki otasiga "qarama-qarşi fe'ldagi" şaxs ekanligini aytdi. U Pens "juda salobatli odam ekanligini" ta'kidlab, biroq "bizga ikkita Donald Tramp kerak emas" deb aytdi.