Gaz ekportidan olinadigan daromadlarning kamayişi sababli Turkmaniston hukumati mahalliy kompaniya va aholiga valyuta sotişni çeklab qöydi, deb xabar bermoqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Anonimlik şartlari bilan agentlik bilan suhbatlaşişga rozi bölgan turkmanistonlik tadbirkorlardan birining aytişiça, Turkmaniston Markaziy banki mahalliy kompaniyalarga valyuta sotişni töliq töxtatib qöydi. Endilikda ular xorijiy valyutani faqatgina tijorat banklarida sotib olişlari mumkin böladi. Bu banklarning valyutalarga egalik qilişi u yoki bu darajada çeklangan.
Suhbatdoşning aytişiça, Turkmanistonda hozir valyutani mamlakat iqtisodiyoti va uning nufuzi uçun muhim bölgan loyihalarni amalga oşirayotgan kompaniyalar erkin sotib olişi mumkin. Ularga, birinçi navbatda, TAPI gaz quvuri, 2017 yilda Aşxobodda ötadigan yopiq inşootlarda Osiyo öyinlari uçun infratuzilmalar quriş bilan şuğullanayotgan kompaniyalar kiradi.
Boşqalarning esa valyutani sotib olişga deyarli imkoni yöq. 2016 yil yanvarda yuridik şaxslar tomonidan xorijiy valyutani sotib oliş 10 ming dollar bilan çeklangandi. Biroq bir tadbirkorning aytişiça, u 10 ming dollar örniga faqatgina 500 dollar xarid qila olgan.
Aholiga valyuta sotiş ham çeklangan. Amaldagi qoidalarga köra, jismoniy şaxslar ularning oylik maoşlaridan oşmaydigan miqdorda dollar va yevro sotib olişlari mumkin. Turkmanistonda minimal oylik iş haqi 590 turkman manati – rasmiy kurs böyiça 168,5 dollarni taşkil qiladi. "Men xorijga bormoqçi bölganimda, barça yaqinlarim va döstlarimdan valyuta sotib olişda yordam sörab yurişimga töğri keladi. Biroq bankim dekabrda bergan arizamni hali ham töliq bajarmadi", deb aytmoqda agentlik suhbatdoşi.
2016 yil iyundan boşlab xorijdan yuborilgan pul ötkazmalari faqat manatlarda beriladi.
Dollarning Turkmaniston Markaziy banki tomonidan örnatilgan rasmiy kursi bir dollarga 3,5 manatni taşkil qiladi. Biroq qora bozorda dollarning narxi 5,5-6 manatni taşkil qilmoqda.
2015 yilda Turkmanistonning eksportidan oladigan daromadi 38,5 foizga, "Gazprom"ning turkman gazini sotib olişdan voz keçişi oqibatida esa 2016 yilning 1-çoragida 41,5 foizga tuşib ketdi.







