Avstriyada öquv-maşğluot yiğinini ötkazayotgan Özbekiston terma jamoasi Vyorgl şahrida Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa” klubi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazib, 2:2 hisobidagi durang natija qayd etdi.
Uçraşuvning 2-daqiqasida rossiyaliklar hujumçisi Marsino hisobni oçdi.
19-daqiqada burçak zarbasidan yetkazib berilgan töpni Eldor Şomurodov boşi bilan darvozaga yölladi va hisobning 1:1 köriniş olişini ta'minladi. 21-daqiqada esa “Paxtakor” yarim himoyaçisi Jamşid Iskanderov aniq va kuçli zarbasi bilan Özbekistonning ikkinçi goliga mualliflik qildi.
Uçraşuvning 59-daqiqasida Marsino Özbekiston milliy terma jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oşirdi va hisobni tenglaştirdi - 2:2. Bu uçraşuvdagi sönggi gol bölib qoldi.
Özbekiston terma jamoasining Avstriyada ötkazgan yiğini bugun, 21 iyul kuni yakuniga yetadi. Samvel Babayan qöli ostidagi Özbekiston milliy terma jamoasi özining navbatdagi nazorat öyinini 24 iyul kuni Iroq terma jamoasiga qarşi, “Bunyodkor” stadionida ötkazadi. Uçraşuv soat 19:00da boşlanadi.
Örtoqlik uçraşuvi
20.07.2016, Vyorgl, Avstriya.
“Ufa” - Özbekiston 2:2
Gollar: Marsino (2, 59-pen.) - Eldor Şomurodov (19), Jamşid Iskanderov (21)
«Ufa»: Şeliya, Stotskiy, Tumasyan, Vasin, Safronidi, Oblyakov, Bezdenejnix, Vanek, Marsin, Krotov, Diyego.
Özbekiston: Ignatiy Nesterov, Kamoliddin Tojiyev, Aleksandr Merzlyakov, Akmal Şoraxmedov, Jamşid Iskanderov, Javohir Soxibov, Otabek Şukurov, Stanislav Andreyev, Azim Axmedov, Şerzod Karimov, Eldor Şomurodov.







