International Data Corporation (IDC) xalqaro tahliliy kompaniyasi 2016 yilning ikkinçi çoragida "aqlli soatlar" sotuvi ötgan yilning şu davriga nisbatan keskin kamayganini qayd etdi. Ikkinçi çorakda 3,5 mln dona şunday mahsulot sotilgan va 32 foizlik kamayiş yuz bergan (Ötgan yili yilning bu davrida 5,1 mln dona "aqlli" soat sotilgandi). Bu haqda kompaniya press-relizida keltirilgan.
Bunga Apple kompaniyasining Apple Watch soatlariga talab kamaygani sabab sifatida keltirilgan. 2016 yilning ikkinçi çoragida Apple 1,6 mln dona soatini sotdi, ötgan yilgi körsatkiç esa - 3,6 mln dona edi. Kompaniyada bu borada 55 foizlik pasayiş qayd etilgan.
Şunga qaramasdan Apple "aqlli" soat işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Samsung, Lenovo, LG, Garmin kabi raqobatçi kompaniyalarni ortda qoldirmoqda.







