Dunyoda yuz berayotgan siyosiy beqarorlik va xunrezliklar odamlarning yaşaş tarzini oğirlaştirmoqda. Xalqaro Foreign Policy jurnali 2016 yilni eng yomon ötayotgandan yillardan biri deb atadi.

Bunga sabab sifatida Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişi, AQŞdagi politsiyaçilarning öldirilişi odatiy holga aylangani, Nitstsadagi terakt, Turkiyadagi harbiy töntariş voqealari, Rossiya va NATO örtasidagi munosabatlarning keskinlaşuvi, jurnalning ta'biriça, «boşqaruvda umuman uquvi bölmagan Donald Trampning prezidentlikka nomzod bölişi» va şu kabi boşqa voqealar keltirilgan.

Jurnal ortda qolayotgan yilni 1989, 1991 va 2001 yillarday «qiziqarli» bölmasa ham juda ham yomon yil deb baholagan. E'tiborlisi, Yaqin Şarq va musulmon dunyosidagi yuz bergan minglab odamlarning ölib ketişi jurnal nazdida «yomon yil»ning yomonligiga sabab bölmagan. Faqat Yevropa va AQŞdagi voqealar qayğuli fon ostida ta'kidlangan.