Skype servisi Android va Windows Phone operatsion tizimlarining eski versiyalarida qöllab-quvvatlanişdan mahrum böladi. Bu haqda servis blogida ma'lum qilindi.   

Ta'kidlanişiça, servis yangi "bulutli" arxitekturaga ötmoqçi va yangi funksiyalarni joriy qilişga tayyorlanmoqda.   

Skype’ning yangi versiyasidan Windows Phone 8 va Android’ning 4.0.3 versiyasidan pastroq operatsion tizimga ega foydalanuvçilar foydalana olişmaydi. Bundan taşqari, blogda servis Android 4.0.3 va undan yuqori hamda Windows 7 va iOS 8’dan yuqori operatsion tizimlarda işlaşi aytilmoqda.  

Avvalroq Microsoft kompaniyasi Skype VoIP-messenjeri orqali uzatiş mumkin bölgan fayllar hajmini 300 Mb gaça kamaytirgandi.