Braytondagi Longhill High School maktabi şorti (kalta işton) kiyib olgan tört nafar öquvçiga taşqi köriniş qoidalarini buzgani uçun tanbeh berdi va ularni uyiga jönatib yubordi. Ertasi kuni öşa bolalar maktabga yubkada kelişdi. Çunki yubkada yuriş maktab qoidalariga töğri kelardi. Bu haqda Go Social yozmoqda.
Maykl Parker, Kodi Ayling, Jorj Boyland va Jyessi Stringerlar maktab dress-kodini buzmagan holda öquv-maşğulotlariga yubkalarda kelişgan. Bu holat öquv maskanidagilarning e'tiborini öziga tortmadi, öquvçilar şu holatda bir hafta mobaynida maktabga qatnaşdi.

Öquvçilardan biri Maykl Parkerning onasi öğli va döstlarining uşbu harakatini qöllab-quvvatlagan. Uning sözlariga köra, maktabga qizlarning yubka kiyib kelişlariga ruxsatning borligi va öğil bolalarga şorti kiyişga ruxsatning yöqligi adolatdan emas. Buning ustiga havo issiq va maktab xonalarining aksariyatida konditsioner yöq, deya ta'kidlaydi ayol.










