Meksikaning Çyapas ştatidagi hindular istiqomat qiladigan San-Xuan-Çamula şahri meri aholi vakillari tomonidan öldirildi. Töqnaşuv vaqtida jami 5 kişi halok bölgan. Bu haqda ştat hukumatiga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Voqea 23 iyul kuni tongida sodir bölgan. Tergovda aniqlanişiça, şahar meri Domingo Lopes Gonsales yiğilgan olomon qarşisida mahalliy hunarmandlarni qöllab-quvvalaşdan boş tortib, ularga iş berişdan boş tortgan.

Şundan söng, yiğilganlardan biri merga öq uzgan. Keyin esa uning jonsiz tanasi maydonda toptalgan.

Merdan taşqari, şahar ma'muriyatining 2 amaldori hamda bir haydovçi öldirilgan. Şuningdek, aholi vakillaridan biri halok bölgan. Tartibsizliklar vaqtida 12 kişi jarohatlangan.

Norozi xalq şahar köçalarida barrikadalar qurib, öz talablarini bildirişgan. Lekin tez orada politsiya nazoratni qölga olgan va namoyişçilar tarqab ketgan.

El Financiero naşri yozişiça, 2015 yilning avgustida şahar jamoatçiligining 30dan ortiq vakili Çyapas ştati hukumatidan ijtimoiy himoya, yöllar va boşqa maişiy qurilişlar uçun 100 million peso ajratişni söragandi.