24 iyulga ötar keçasi Moskva janubida ommaviy muştlaşuv sodir böldi. "Moskva" şahar yangiliklari agentligi xabariga köra, töqnaşuv Kaşir şossesidagi 59 uy oldida röy bergan va unda 12 kişi iştirok etgan.

Voqea joyiga politsiyaçilar hamda tibbiyot xodimlari çaqirilgan.

Töqnaşuvda jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

Tergovda talqiniga köra, muştlaşuvga diniy marosimga oid biznes doirasidagi kelişmovçilik sabab bölgan. Töqnaşuvda iştirok etgan 12 kişi qölga olingan. Uning taşkilotçisi Xovanskiy qabristonining sobiq direktori Yuriy Çabuyev ekani aytilgan.

14 may kuni Moskvaning Xovanskiy qabristonida muhojirlar va mahalliy aholi vakillari örtasida röy bergan ur-töpolonda  otişma ham röy bergan, buning oqibatida 3 kişi halok bölgan, 29 kişi şifoxonaga yotqizilgandi.