"Napoli" jamoasi muxlislari jamoa hujumçisi Gonsalo Higuainning raqiblar jamoasiga ötib ketişidan noroziliklarini ifoda etişda davom qilişmoqda.
Neapolliklarning asosiy hujumçisi "Yuventus"ga ötişi haqidagi xabarlardan keyin Neapol şahri maydonida Higuain ismi tuşirilgan futbolkani yoqqan muxlislar jamoaning maşğulotlar ötkaziladigan bazasiga kelib, bezorilikni davom ettirişdi.
Bu yerda muxlislar jamoa yetakçilari tasviri tuşirilgan bannerda Higuainning suratidan boş qismini olib taşlaşgan.

"Napoli" va "Yuventus" futbolçining transferi böyiça kelişuvga erişib bölgan. Futbolçi kamida 90 million yevro evaziga transfer qilinadi. Ötgan mavsumda A Seriya töpurari bölgan uşbu hujumçi yangi jamoasi bilan 5 yillik şartnoma tuzadi va yiliga 7,5 million yevro miqdorida maoş oladi.







