Germaniya sariq matbuot hisoblanadigan Bild gazetasida Xalqaro olimpiya qömitasining qaroriga bağişlangan maqolada taşkilot prezidenti Tomas Bax Rossiya prezidenti Vladimir Putinning pudeli (yungi jingalak xonaki it) sifatida baholandi.

Naşr Tomas Baxni Putin bilan qalin aloqalari tufayli rossiyalik sportçilarning Rio-2016 olimpiadasiga yöl olişiga imkon bergan.

Xalqaro olimpiya qömitasi 24 iyul kuni rossiyalik sportçilarning 2016 yil avgustida Rio-de-Janeyroda bölib ötadigan yozgi Olimpiada öyinlarida iştirok etişi mumkinligini ma'lum qildi.

Undan oldinroq, rossiyalik yengil atletikaçilarning doping muammosi tufayli Rossiya terma jamoasi töla tarkibda turnirdan çetlatilişi kutilayotgandi.

Ötgan haftada bu naşr Rossiya olimpiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada öyinlaridagi medallar hisobini yuritmasligi va natijalari haqida ma'lumot bermasligini bildirib, boykot e'lon qilgandi.

Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax Rossiya olimpiya termasining Rio–2016 Olimpiada öyinlarida iştiroki borasida aniq qarorni çetlab ötgan, deb yozdi naşr jurnalisti Valter Ştraten. U Bild öz qarorini qabul qilib bölgani haqida aytgan.