Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker içkilikbozlikka ruju qöymoqda, deb xabar qilmoqda Le Soir naşri Lyuksemburg matbuotiga tayangan holda.
Maqolada aytilişiça,«kaşandalikka mukkasidan ketgan Jan-Klod Yunkerni vino yoki jin bilan aldab bölmaydi». Siyosatçining ayrim lyuksemburglik hamkasblari hazil aralaş «Jan-Klod Yunker içmasa yaxşi körinmas»ligini uqdirişadi.
Ammo, naşr Yevrokomissiya rahbarining aqli joyida ekaniga şubha uyğotuvçi ikkitagina holatni yodga oladi. Birinçisi, 2015 yil mayida Rigada qayd etilgan edi. Öşanda, Yunker Vengriya boş vaziri Viktor Orbanni «diktator kelmoqda» deya qarşilagan va yuziga yengil tarsaki tuşirgan, buning ustiga Belgiya boş vaziri Şarl Mişelning kalboşidan öpib qöygandi.
Ikkinçi marotaba, deb yozadi gazeta, ötgan yilning iyun oyida Yevropa kengaşining matbuot anjumanida köpçilik Yunkerning uyoqdan bu yoqqa borib kelayotganini va vaysayotganini ta'kidlaşgan bölsa-da, bu voqeaga oid videolavhalarni topişning imkoni yöq.
Avvalroq, Politico naşri Yevrokomissiya raisini buyrak xastaligidan aziyat çekuvçi kaşanda deb atagan edi.







