AQŞning Verizon Communications Inc. telekommunikatsiya kompaniyasi Yahoöni 4,8 mlrd dollarga sotib olişga kelişib oldi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Verizon Yahoöni qöşib olişini 25 iyulda bozorning oçilişigaça rasman e'lon qiladi.

Manbaning aytişiça,  Yahoo köçmas mulk obektlari va intellektual mulk aktivlarining sotilişi alohida amalga oşirilişi kutilmoqda.

Verizon vakili Bob Varettoni elektron poçta orqali agentlikka izoh berişdan boş tortdi. Yahoo matbuot kotibi Rebekka Noyfeld ham izoh haqidagi iltimosni javobsiz qoldirdi.

Bloomberğning ta'kidlaşiça, Yahoo özining Alibaba Group Holding Ltd va Yahoo Japan Corp. kompaniyalaridagi uluşini saqlab qolmoqçi.

Iyun boşida Verizon Yahoo internet-kompaniyasining asosiy biznesini 3 mlrd dollarga sotib olişga tayyorligi ma'lum qilingandi. 

2015 yil natijalariga köra Yahoöning sof ziyoni 4,4 mlrd dollarni taşkil qilgan, 2014 yilda bu körsatkiç 7,5 mlrd dollarni taşkil qilgandi. 2015 yilda tuşum 7,5 foizga oşib, 4,9 mlrd dollarni taşkil qilgan.