Jizzax viloyat hokimligining majlislar zalida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyat Kengaşining navbatdagi VII Konferentsiyasi bölib ötdi.

Konferentsiyada tumanlardan taşrif buyurgan faol va iqtidorli yoşlar öz körgazmalari bilan iştirok etdi.

Konferentsiyada söz olgan “Kamolot” YIH Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Ötkir Şukurov Konferentsiya iştirokçilarini yaqinlaşib kelayotgan eng uluğ , eng aziz bayram – mustaqilligimizning 25 yillik tantanasi bilan samimiy qutlab, ötkazilayotgan tadbir va loyihalarning barçasi yoşlarimizning porloq kelajagini, iste'dodini röyobga çiqariş yanada yuksaltiriş maqsadida amalga oşirilayotganligi, şunga qaramasdan ayrim yoşlarimizning bilib-bilmasdan notöğri yöllarga kirib ketayotganligini inobatga olgan holda oldimizda dolzarb vazifalar turganini va bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş lozimligini alohida ta'kidlab ötdi.

Konferentsiya kun tartibidagi masalalardan biri, Kengaş raisi va örinbosarlari lavozimiga nomzodlar öqib eşittirildi.
Harakatning Jizzax viloyat Kengaşi raisi  lavozimiga viloyat Kengaşi raisi örinbosari, hozirda viloyat Kengaşi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şukurov Orif Jumaboyeviç delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.

Şundan söng viloyat Kengaşi raisi örinbosarlari saylab olindi. Unga köra viloyat Kengaşi raisi örinbosarligiga  hozirda harakatning Jizzax tuman Kengaşi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xolmatov Nuriddin Ibadullayeviç,viloyat Kengaşi raisi örinbosari, “Kamalak” bolalar taşkiloti raisi lavozimiga esa  hozirda uşbu lavozimda faoliyat olib borayotgan Qobilov Faxriddin Nuriddinoviç saylandi.

Konferentsiya söngida harakat tizimida faollik körsatgan yoşlarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovğlari topşirildi.