Messi Ibitsadagi ta'tili vaqtida Ronaldu e'tibor qaratmagan muxlis bilan suratga tuşişga rozi bölgani muxlislarning olqişiga sazovor bölmoqda.
Ötgan haftada Messi ijaraga olgan Seven C nomli yaxtaga noma'lum şaxs suzib kelgandi. Qöriqçilar uni haydab yubormoqçi bölgan, ammo Messi ularni qaytarib, bu yigitni yuqoriga taklif qilgan va u bilan suhbatlaşib, suratga tuşgan.
Sports.ru blogerlaridan biri hikoya qilişiça, Ispaniyaning Seuta şahrida istiqomat qiluvçi Suli ismli 24 yoşli bu yigit avvaliga Ibitsada ta'tilini ötkazayotgan Kriştianu Ronaldu bilan suratga tuşmoqçi bölgan, ammo portugaliyalik futbolçi unga e'tibor qaratmagan. Şundan söng Suli suvda bir kilometr suzib ötib, Messining yaxtasiga yaqinlaşib borgandi.
«Atletiko» muxlisi hisoblanadigan Sulining telefoni suziş vaqtida suvga bökkan. Surat Messining smartfonlaridan birida olingan va u suratni Suliga jönatişni va'da qilgan va şunday ham bölgan.
Messi Sulining ortga qaytişi uçun öz transportini taklif qilgan, lekin yigit bundan boş tortib, suzib qaytib ketgan.
«Suhbatimiz davomida u özini yulduzlar kabi yuqori tutmadi. U öta mehmondöst va sipo edi. Uning oilasi esa şunçaki ajoyib. Men Kriştianu Ronalduni tungi klubda uçratgandim, öşanda u qölini berişni istamagandi. Uni bu vaqtda doim qöriqçilar örab turadi va unga yaqinlaşib bölmaydi», deydi Suli.
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Messini bu işi uçun alqaşda davom etişmoqda.










