Amerika basketbolining afsonasi Maykl Jordan afroamerikaliklar va politsiya munosabatlaridagi keskinlikni yumşatiş hamda mamlakatni jipslaştiriş uçun "tinçlik muloqoti" ötkazişga çaqirdi.
Basketbolçi The Undefeated internet naşrida çop etilgan maqolasida, ikkita taşkilot: yaqinda AQŞ politsiyasi rahbariyati tomonidan taşkil etilgan Politsiya va aholi örtasidagi munosabatlar instituti hamda Rangli aholi taraqqiyotiga kömaklaşiş milliy uyuşmasi qoşidagi Yuridik himoya jamğarmasi (NAACP)ga bir million dollardan xayriya mablaği ötkazganini ma'lum qilgan. Uşbu mablağlar, AQŞning qoratanli fuqarolari va mamlakat huquq-tartibot idoralari örtasidagi "özaro hurmat va işonç"ni mustahkamlaşga qaratilgan loyihalarga yönaltirilişi kerak.
Maykl Jordan – Basketbol böyiça ikki karra Olimpiya çempioni, MBAning olti karra çempioni hisoblanadi.











