Dunyoning sobiq birinçi raqamli erkak tennisçisi Rojyer Federer hamişa afsonaviy basketbolçi Maykl Jordanning yutuqlaridan hayratlanişini aytdi.

“Uning sportdagi uzoq faoliyati, ğalaba qozonişga iştiyoqi va bosimni yenga olişi meni hamişa hayratlantirgan. Jordan sportning jamoaviy turida iştirok etgan, biroq har öyinda haqiqiy yetakçi bölgan va şeriklarini ilhomlantirgan. U hamişa sportdagi qahramonim bölgan. 

Tennis haqida gapiradigan bölsam, mening kumirlarim Stefan Edberg va Born Borg, biroq umuman sportda Maykl Jordan hisoblanadi. Men “Çikago Bullz” muxlisi bölmaganman, men faqatgina Jordan uçungina muxlislik qilganman. U köp jihatdan meni ilhomlantirgan”, deb aytdi Federer.

37 yoşli Federer yakka tartibda “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi 20 ta musobaqa va Pekindagi Olimpiada ğolibi hisoblanadi. U 98 ta musobaqada ğalaba qozongan va jahon reytingining birinçi poğonasini uzluksiz uzoq egallaş böyiça rekordçi hisoblanadi.