Internetda Disney studiyasining 1989 yildan boşlab çiqarilgan barça multfilmlari birlaştirilgan video paydo böldi. Video Lindsay McCutcheon taxallusi ostidagi foydalanuvçi tomonidan YouTube-kanalida çop etildi.
Elektron musiqa jörligida boruvçi Disney multfilmlari miksi ikki kun içida milliondan köproq marta tomoşa qilingan. Foydalanuvçilar öz izohlarida Lindsay McCutcheon’ning işini maqtab, nafaqat sifatli montaj, balki original musiqaga ham e'tibor qaratişdi. "Bu sehrlidir. Bu video men bola bölganimda Disney kanalidagi montajni eslatib yubordi. Bu işingiz uçun rahmat!", deb yozdi foydalanuvçilardan biri.







