AQŞning Demokratik partiyasining Filadelfiya şahrida bölib ötayotgan umummilliy s'yezdida ma'ruza qilgan Mişel Obama, Donald Trampning ismini tilga olmagan holda unga nisbatan eng jiddiy tandiqiy ma'ruza qildi. U,  şuningdek, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton nomzodini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. 

Bundan taşqari, birinçi xonim şubhasiz "Amerika hamon buyuk davlat" ekanini ta'kidlagan. Uning bu sözlari, prezidentlik uçun kuraşayotgan Donald Trampning "Amerikani yana buyuk qilamiz" nomli saylovoldi şioriga javob bölgan. Amerikalik siyosatçilar, aynan Mişel Obama tomonidan Trampning sözlari rad etilişi muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlaşgan. 

Ekspertlar, bir ovozdan Mişel Obamaning 15 daqiqalik ma'ruzasini kuçli, hissiyotlarga boy va eng "jiddiy aksiltramp ma'ruza" deya baholaşdi.