1995 yilning 26 mart kuni kuçga kirgan Şengen Bitimi 1985 yilda Lyuksemburgning Şengen şahrida 5 ta davlat tomonidan imzolangan edi. Öşanda yettita mamlakat - Belgiya, Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya va Ispaniya örtasida pasport nazorati bekor qilingan edi. 1997 yilda Şengen xududiga Italiya va Avstriya, 2000 yilda Gretsiya, 2001 yilda esa Skandinaviya pasport Ittifoqiga a'zo Daniya, Finlyandiya, Şvetsiya hamda Yevropa Ittifoqining a'zolari bölmagan Islandiya va Norvegiya qöşildi.
2007 yilda yana 9 mamlakat — Çexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polşa, Slovakiya va Sloveniya Şengen hududining a'zolari böldi. Bu davlatlarning hammasi uç yil avval Yevropa Ittifoqiga kirgan edi. Şveytsariya Şengen hududiga 2008 yilning 12 dekabr kuni, Lixtenşteyn esa 2011 yilning 19 dekabrida kirdi. Ayni damda Şengen hududi 400 million aholi istiqomat qiladi, uning maydoni 4 million 312 ming 99 kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Ötgan 20 yil davomida Şengen hududiga 30 ta davlat kirgan bölib, amalda 26 ta davlatda çegara nazorati bekor qilingan. Bu Yevropada hujjatsiz yursa böladi, degani emas. Har bir mamlakatda bojxonaçilar, politsiya xodimlari va çegaraçilar sizdan şaxsingizni tasdiqlovçi va mazkur mamlakatda yuriş uçun ruxsat beruvçi hujjat talab qilişlari mumkin.

Buyuk Britaniya va Irlandiya Şengen Bitimini imzolagan bölişiga qaramay, pasport nazoratini kuçda qoldirgan. Şu sababli ham bu ikki mamlakatga boruvçilar, albatta, viza olişlari kerak böladi. Hozirça Yevropadagi Bolgariya, Ruminiya va Kipr Şengen hududiga kirmaydi. Ayni damda hududga Bolgariya va Ruminiya kirişga harakat qilmoqda. Biroq bu ikki mamlakatning Şengen hududiga kirişiga Fransiya, Niderlandiya va Germaniya qarşilik körsatmoqda. Taxlilçilar hozirça Bolgariya va Ruminiyaning Şengen hududiga kiriş yölida biror bir siljişlar közga taşlanmayotganini aytişmoqda. Bunga bu davlatlarning korrupsiyaga qarşi samarali kuraş olib bormayotgani sabab sifatida körilmoqda. Şimoliy Kipr bilan boğliq muammo tufayli Kiprning Şengen hududiga kirişi noma'lum muddatlarga keçiktirildi.
Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya va Kipr örtasida “Mini-Şengen” bitimi amal qiladi. Ya'ni, bu mamlakatlardan biriga viza olsangiz böldi, qolgan uç davlatga bemalol boriş imkoniyatiga ega bölasiz.
Şengen hududiga Yevropa Ittifoqining a'zosi bölmagan Islandiya, Norvegiya, Şveytsariya va Lixtenşteyn, şuningdek, Yevropadagi uçta mini-davlat Monako, San-Marino va Vatikan ham a'zo bölib kirgan. Andorra bilan ham içki çegara nazorati yöq. Şengen qoidasiga köra, a'zo mamlakatlar çegaralarida nazorat bekor qilingan.








