Braziliyada Onix xetçbeki va Prisma sedanining yangilangan rusumlari namoyiş etildi. Carplace naşri taqdimot marosimidan olgan suratlarini saytiga joylaştirgan. Bir xil platformada işlab çiqariluvçi «arzon» Chevrolet modellari, savdo belgisining yangi uslubiga xos dizaynga ega bölgan. Sedanning ham, xetçbekning ham radiator qafaslari özgaça tus olgan. Bamperlari, old va orqa yoruğlik çiroqlari şakli özgargan.
Ammo, ularning intereriga xos suratlar mavjud emas. Xabarlarda maşinalar salonida özgarişlar unçalik ham közga taşlanmasligi aytilmoqda. Xususan, old eşiklar dastaklarining örni va örindiqlarning tusi özgartirilgan, xolos.


Şu bilan birga, Chevrolet Onix modelining Activ deb nomlangan kross-rusumi ham mijozlarga taklif etiladi. U qoratusli plastikdan yasalgan tösiq va tomiga örnatilgan reylinglarga ega. Bundan taşqari, uning disklari ham yangilangan bölib, yengil qotişmalidir.


Onix va Prisma modellariga takomillaştirilgan 1,0 va 1,4 litrlik motorlar örnatiladi. Ular, benzin yoki etanolda işlay oladi. Chevrolet kompaniyasining ta'kidlaşiça, uşbu dvigatellar yanada tejamkor bölgan. 5 diapazonli mexanik uzatmalar qutisini 6 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi almaştirgan.
Sedan va xetçbekning tarkibiga Chevrolet MyLink multimedia tizimining yangi avlodi kiradi. U, Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini öqiy oladi.
Restayling qilingan maşinalarning savdosi Braziliyada şu yilning avgust oyida boşlanişi aytilgan bölsa-da, ularning narxiga oydinlik kiritilmagan.










